Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: AHOLI MANFAATLARI DOIM E’TIBORDA
2023-06-06 15:27:33 218
Haftaning har seshanba kuni Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev tomonidan tumandagi Xalq qabulxonasida o‘tkazib kelayotgan fuqarolar qabulida har bir murojaatga diqqat bilan e’tibor qaratib kelinmoqda.
Bugungi qabul davomida 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 3 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 7 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qabul so‘ngida tuman hokimi kunlik va sayyor qabullar davomida qabul qilingan murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasini ham muhokama qildi. Belgilangan muddatda ijro etmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq bo‘lgan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.