Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI: YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA.
2023-06-17 17:13:23 375
Bugun Toshloq tumani hokimi, 1-sektor rahbari Abduqahhor Djurabayev yoshlar murojaatlarini o‘rganish maqsadida “Quyi Yakkatut” MFYda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 10 nafarga yaqin yoshlar qatnashdi. Mahalla yoshlari asosan, ishga joylashish, uy-joy olish, tadbirkor uchun yer ajratish, tadbirkorlik uchun kredit olish, tibbiy va moddiy yordam kabi masalalarda tuman hokimiga murojaat etdilar.
Murojaatlarni aksariyati shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etuvchi murojaatlar tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.