Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AMALDAGI MEHNAT QONUNCHILIGIDA UCH YOSHGACHA TO‘LMAGAN FARZANDI BOR AYOLLARGA QANDAY IMTIYOZ VA YeNGILLIKLAR NAZARDA TUTILGAN?
2023-06-19 17:49:47 555
O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 129-moddasi 3-qismiga ko‘ra, homilador ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati belgilanmaydi. Bundan tashqari bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga xodim ta’tildan chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida yo‘l qo‘yilmaydi.Shuningdek, ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga uchun mehnat kodeksining majburiy tartibda xodim xohishiga ko‘ra har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha ish haqi saqlanmagan holda beriladi. Mehnat kodeksining 397-moddasiga ko‘ra, uch yoshga to‘lmagan bolaning buyudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi, bunday holatda ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida xodimlar mehnatiga haq to‘lash har kungi to‘liq ish davomiyligida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ravishda shuni aytib o‘tish joizki, kodeksning 396-moddasiga ko‘ra, homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi, 401-moddaga asosan o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi
Farxodjon O‘ktamov
Marg‘ilon shahar Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.