Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BESARANGLIK MIRISHKOR OILA: tomorqasida ham ko‘chatchilik, ham asalarichilikdan yaxshi daromad olmoqda
2023-06-19 18:04:10 332
Tomorqadan unumli foydalanish - oila farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli, mamlakatimizda tomorqa yer egalari uchun qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, har bir oila yer maydonidan samarali foydalanish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Toshloq tumanida tomorqadan unumli foydalanib, mo‘may daromad topayotgan omilkorlar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. “Besarang” MFYda yashovchi Jamoliddin Mirzamatovlar oilasi ana shunday hamyurtlarimiz sirasiga kiradi.
Jamoliddin aka dehqonchilikda o‘ziga xos tajribaga ega bo‘lib, xonadonidagi 5 sotixlik yerdan bir yilda 3-4 marotaba hosil oladi. Yil boshida tomorqasiga qovun ko‘chatini ekib, hosilidan 12 million so‘m daromad oldi. Xozirda pavloniya ko‘chatlarini yetishtirish uchun nihollarni yerga qadagan. -Har yili tomorqadan unumli foydalanib, yaxshi daromad topamiz,-deydi mirishkor oila sohibi. – O‘tgan yili pavloniya ko‘chatlarini yetishtirib, 15 million so‘m daromad topgan edik. Ayni kunlarda esa 1,5 ming dona qalamcha nihollari ekildi.
Bundan tashqari, asalarichilik faoliyatini ham yo‘lga qo‘yganmiz. Mahalladagi hokim yordamchisi Muhriddin Mamadaliyevning tavsiyasiga ko‘ra, tomorqachilikni yanada rivojlantirishimiz uchun 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Hozirda imtiyozli kredit asosida olingan 150 ta asalari oilalarini boqyapmiz. Asalarichilik juda serdaromad soha ekan. Shu kunga qadar asal daromadi oilamiz byudjetiga 35 million so‘m foyda keltirdi.
Ta’kidlash o‘rinliki, mahalladagi hokim yordamchisining doimiy sa’y-harakati tufayli aholi bandligi ta’minlanibgina qolmay, oilalar uchun yuqori daromad olish imkoniyati ham yaratilmoqda.