Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT NAZORATDA
2023-06-20 17:54:25 230
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabulda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, oila turmush munosabatlari borasida bo‘ldi. Har bir murojaat mutasaddilar tomonidan birma-bir muhokama qilindi, joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek qabul so‘ngida tuman hokimi kunlik va sayyor qabullar davomida qabul qilingan murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasini ham muhokama qildi. Belgilangan muddatda ijro etmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq bo‘lgan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.