Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM YORDAMCHISI: MAHALLAMIZDA KOSIBCHILIK FAOLIYATI YANADA KENGAYMOQDA
2023-06-22 16:05:29 227
Toshloq tumanining “Piyozchilik” mahallasida oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik mahallaning “o‘sish nuqtasi” sifatida belgilangan bo‘lib, aholi asosan kosibchilik faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Ushbu faoliyat turini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilda mahallada 23 nafarga yaqin fuqarolarga 215 million so‘mga yaqin imtiyozli kredit ajratildi.
Ayni kunlarda mahalla kosiblari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar mahalliy bozorlardan tashqari qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
"Sarvinoz baraka xizmati" MCHJ tomonidan 2021 yildan buyon bolalar hamda ayollar uchun sifatli poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. - Faoliyatimiz yildan yilga kengayib bormoqda. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham ortib bormoqda, -deydi tadbirkor Abdurashid Husanov. - Bugungi kunda 15 nafardan ziyod yoshlar ish bilan ta’minlandi. O‘tgan yilgi mavsumda o‘rtacha 15000 juft poyabzal tayyorlab, ichki bozorga yetkazib berdik. Shuningdek, Tojikiston Respublikasiga 300 million so‘mlik mahsulotlarimiz eksport qilindi.
Hokim yordamchisi Akramjon Rahmonovning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda “Piyozchilik” MFYda xatlov paytida 42 ta kosibchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar aniqlangan. 2023 yilda esa ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlar soni 57 taga yetdi.