Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA QURBON HAYITI MUNOSABATI BILAN 220 DAN ZIYOD EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2023-06-27 13:41:25 229
Bayram kunlari muhtojlar holidan xabar olish, ularning og‘irini yengil qilish va dardiga malham bo‘lish xalqimizga xos eng yuksak fazilatlardan biridir.
Bugun Qurbon hayiti munosabati bilan Toshloq tumanida yashovchi ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan hamda "Temir daftari" va "Ayollar daftari"da bo‘lgan oilalarga "Mahalla" xayriya jamoat fondi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Bayram arafasida Toshloq tumanida bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda.