Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY MUNOSABATI
2023-07-05 19:23:12 330
Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarning birida “Yog‘ingarchilikda soy o‘zani yuvila boshladi. Vaholanki, u yaqinda ta’mirlangan edi” deb murojaat berilgan. Tuman hokimligi ushbu murojaat yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Toshloq tumanidagi “Yozyovonsoy” soyini qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining PQ-98 sonli “2022 -2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori” ga asosan amalga oshirilmoqda. Buyurtmachi Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi injenering kompaniyasi tomonidan ta’mirlash ishlari moliyalashtirilib, ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida sifatli yakunlash belgilangan.
“Yozyovonsoy” soyini mustahkamlash ishlari "Farg‘onamaxsussuv pudrat" DUK tomonidan bajarilmoqda. 2022 yilda soy ostidagi chuqurlashgan o‘zanni to‘ldirish ishlari bajarilgandan so‘ng, navbatdagi betonlash ishlari boshlangan vaqtida kanaldagi suv ko‘payib ketishi oqibatida ta’mirlash ishlari vaqtincha to‘xtab qolgan.
Buyurtmachini bergan ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda “Yozyovonsoy” soyida suv to‘xtatilishi bilan "Farg‘onamaxsussuv pudrat" DUK tomonidan belgilangan ishlar yakuniga yetkaziladi.