Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TAKRORIY EKINLAR UNIB CHIQDI

×

 2023-07-08 11:20:40    199

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida 5070 gektar maydonda bug‘doy yetishtirildi. Dehqonning aytishicha, bu yil don yili bo‘lgan. Ilg‘or fermerlar, masalan “Habibaxon Ilyos Sahovat” fermer xo‘jaligi gektaridan 90, “Aminjon buva” fermer xo‘jaligi esa 80 syentnerdan hosil ko‘tardi. O‘zbekiston dehqonining boshqa yurtlardagi kasbdoshlaridan ajralib turadigan muhim jihati bor: u tanti. Faqat o‘zimga bo‘lsin demaydi. Bu safar ham shartnomadan ortgan bug‘doydan mahalla ko‘y, muhtoj oilalarga ulush tarqatildi.
– Tumanimizdagi 1550 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga 200 kg.dan bug‘doy, 20 boylam somon, 20 sotixdan yer berish rejalashtirilgan. Bugungacha fuqarolarga 178 gektar maydon takroriy ekin ekish uchun o‘lchab berildi, – deydi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Iqboljon Qodirov.
Aslobod qishlog‘idagi Ominaxon Abdunazarova ularning biri. Fermer Jumaboy Abdusalomov qishloq yoshlari, kam ta’minlangan oilalar qatori undan ham sahovatini ayamadi.– Qishlog‘imizdagi kam ta’minlangan, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”da turganlarga uch yarim gektar maydonni haydab, tekislab, urug‘ini ekib beryapmiz, – deydi Jumaboy Abdusalomov.
– Bu yerlarga bug‘doy ekilgan edi. Keyin fermer menga o‘xshagan kam ta’minlangan oilalarga 20 sotixdan yer berdi, – deydi Ominaxon Abdunazarova. – O‘g‘it va suvdan ham yordam beraman dedi. Men endi astoydil mehnat qilib yuqori hosil olishga harakat qilaman.
Ahmadjon Usmonovni tumanda “rekordchi g‘allakor” deyishadi. U bosh bo‘lgan “Habibaxon Ilyos Sahovat” fermer xo‘jaligi va uning rahbarligidagi hudud Toshloqda eng yuqori hosil oldi. Bugun esa bug‘doydan bo‘shagan yerni haydab, tekislab, qator olyapti. Endi u takroriy ekinda ham “rekord” qo‘ymoqchi.
– Hududimdagi 850 gektar maydonning 550 gektarini haydab bo‘ldik. 350 gektarini tekisladik. 150 gektariga sabzi ekish uchun qator oldik. Bir-ikki kunda takroriy ekin maydonlariga yuz foiz sabzi ekamiz, – deydi u.
Bir yo‘la 850 gektarga sabzi ekkan fermer ham, hudud ham topmaysiz, tumanda.
Toshloqliklar azaldan dalasiga suvni tejab-tergab, ammo maromida taraydigan miroblari bilan ham nom chiqargan. Bu maydonlarda ham kechagina bug‘doy boshoqlari ko‘kka bo‘y berib to‘lqinlanayotgan edi. Mashhur fermer Juma aka Abdusalomov 30 gektar bug‘doyzor o‘rnini to‘lig‘icha takroriy ekinga qaratdi.
– Mana shu 6 gektarlik maydonga kungaboqar ekkanmiz, – deydi taniqli fermer. – Buning foydasi shundaki, hosilni yog‘-moy korxonasiga shartnoma asosida topshiramiz. Yog‘i, kunjarasini xo‘jalik a’zolariga bepul beramiz. Yana 2 gektar maydonni kartoshka uchun tayyorlab qo‘yganmiz. Urug‘ unib qoldi. Muddati kelgan kuniyoq ekamiz. 
Takroriy ekinga barvaqt kirishgan maydonlarda urug‘ allaqachon bo‘y ko‘rsatdi. Karam, moyli o‘simliklar, sabzavot, ozuqa o‘simliklari ko‘zni quvontiradi. Aclida Toshloq tumanida 4850 gektar maydonga takroriy ekin ekishmoqchi.
– Hozirgacha 1300 gektarga ozuqa ekinlari, 570 gektarga sabzavot, 250 gektarga moyli, 215 gektarga dukkakli hamda 10 gektarga poliz ekinlari ekish ishlari amalga oshirildi. Bugun ham barcha texnik vositalarni jalb qilgan holda takroriy ekin ekish jadal davom etyapti.