Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HO‘JAAARIQ MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI TA’MINLANMOQDA
2023-07-12 08:20:45 309
Aholining tomorqadan unumli foydalanishi oilalar turmush farovonligini yanada yaxshilanishiga, daromad manbai oshishiga, bundan tashqari to‘kinchilik, arzonchilik bo‘lishiga hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Toshloq tumanining Xo‘jaariq mahalla fuqarolar yig‘inida 3595 aholi istiqomat qilib har qarich yerni qadrlab undan unumli foydalanyotgan oilalar soni kun sayin ortib bormoqda.
Jumladan Dilshod Toshtemirov ham xonadonida bo‘sh turgan 1 sotix yerga issiqxona tashkil qilib u yerda Koreyaning “Solxyan” navli qulupnayini yetishtirib kelmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Qahramon Ahmedovning tavsiyanomasi bilan imtiyozli 28 million so‘m kredit olish evaziga issiqxona tashkil qilish bilan birga 50 bosh kurkani ham parvarish qilib ko‘paytirib kelmoqda.
—Ilk hosilni 150 ming so‘mdan sotishga erishdik,—deydi D. Toshtemirov.—Oldimizda turgan maqsadimiz issiqxonani yanada kengaytirib qulupnay yetishtirishni rivojlantirishdir.
Hududda istiqomat qilayotgan yana bir mirishkor Ilhomjon Boymurodov ham 30 million so‘m imtiyozli kredit olib 3 sotixli issiqxona tashkillagan. Bulg‘or qalampiri yetishtirib ilk hosildan yaxshigina daromad olishga erishdi.
Ho‘jaaariq mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tavsiyanomasi bilan 37 ta xonadonga imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lib bu esa hududda issiqxona, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish, sohalarini yanada rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda.
Bundan tashqari "Ayollar daftari"dagi xotin-qizlarga hamda yoshlarga ijara asosida 30 yil muddatga 15.5 gektar yer ajratilganligi, 74 nafar ishsizlarni ish bilan ta’minlanganligi ham xo‘jaariqliklarning turmush farovonligi yuksalib borayotganligidan dalolatdir.