Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“TASHABBUSLI BYUDJET”: 11-MAKTABDA O‘QUVCHILAR UCHUN MUNOSIB SHART-SHAROITLAR YARATILADI

×

 2023-07-12 18:45:53    277

PDF yuklash
Chop etish


 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5250-sonli qaroriga asosan Toshloq tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2023 yil  birinchi mavsumida fuqarolar tomonidan 130 ta takliflar kelib tushgan. Ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan 123 ta tashabbuslar uchun 100 mingdan ziyod ovoz kelib tushgan bo‘lib, natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan qiymati 8 milliard 400 million so‘mlik 7 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2 mingtadan ortiq ovoz to‘plagan barcha loyihalar g‘olib deb topilgani munosabati bilan yana 7 ta loyiha g‘oliblar qatoriga kiritildi.
Mazkur loyihada 7790 ta ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan tumandagi 11-umumta’lim maktabida hozirda ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ushbu maktab binosini ta’mirlash uchun jami 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan.