Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“KONIZAR” MFYDA 50 TA OILAVIY TADBIRKOR HAMDA 30 DAN ORTIQ XIZMAT KO‘RSATISH OB’YeKTLARI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

×

 2023-07-17 15:59:40    274

PDF yuklash
Chop etish


Tumandagi “Konizar” MFYda vaqtincha ish bilan band bo‘lmaganlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan aholi o‘rtasida muntazam ravishda o‘rganishlar olib borilayotgani o‘z samarasini bermoqda.
Mahalladagi hokim yordamchisi Sherzod Rahmonovning qayd etishicha,  birgina joriy yilning o‘tgan davrida 15 nafar fuqoroga ishlab chiqarish, tikuvchilik va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil qilish maqsadida imtiyozli bank krediti olish uchun tavsiyalar berildi. Xozirgi kunga qadar  imtiyozli kreditlar to‘liq ajratilib, yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi. 
Xususan, mahallada istiqomat qilayotgan Avazbek Karimov o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ishlab chiqarish syexi tashkil etish istagi borligini bildirgandi. Unga hokim yordamchisi ko‘magi bilan 30 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Natijada u o‘z xonadonida oilaviy tadbirkorlikni boshlab, paypoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi hamda mahalladagi 5 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi.  Tadbirkor Botirjon Sobirov faoliyatini kengaytirishi uchun ajratilgan kredit evaziga ishlab chiqarilayotgan polietilen mahsulotlarining turi yanada ortdi. Buning uchun Xitoydan zarur dastgohlar olib kelib o‘rnatildi. 
-Mahallada aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar doirasida ijtimoiy daftarlarga kiritilgan oilalar bilan ishlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda,-deydi Sherzod Rahmonov. – Misol uchun, bu boradagi sa’y-harakatlar davomida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan 45 nafar kam ta’minlangan oilaga dehqonchilik qilish uchun 20 sotixdan yer ajratib berildi.