Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ MFYDA OILAVIY TADBIRKORLAR SAFI ORTMOQDA

×

 2023-07-19 14:49:02    312

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda Toshloq tumanida aholiga xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish kabi sohalar bilan samarali shug‘ullanayotgan tadbirkorlar safi tobora kengaymoqda.
Xususan, tumandagi Toshloq MFYda hokim yordamchisi ko‘magi bilan tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Mahalla drayveri ishlab chiqarish hisoblangan hududda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.  
Mahalla hokim yordamchisi Mashhurbek Karimovning qayd etishicha, uning tavsiyasi bilan 2023 yilda 22 nafar fuqaroga imtiyozli bank krediti olish uchun yordam berildi. Natijada 16 ta yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi. Tadbirkorlar tomonidan yil boshidan buyon jami 46 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.