Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAHALLALARDA OLIB BORILAYOTGAN BUNYODKORLIK ISHLARIDAN XALQIMIZ MAMNUN

×

 2023-07-29 09:06:29    203

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning "Mahallalarda birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-154-sonli qaroriga ko‘ra, “Mehnatobod” MFYda elektr tarmog‘ini yaxshilash borasida keng ko‘lamdagi ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar mahalladagi Osiyo hamda Rayhon nomli ko‘chalarda 2 dona 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punktini o‘rnatish, 100 dona yangi temir-beton tayanchlari hamda 5 km uzunlikdagi yangi elektr uzatish tarmog‘ini tortish ishlari yakuniga yetkazildi.
Mahalladagi bunyodkorlik ishlaridan mahalla aholisi yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlardan cheksiz minnatdorchilik bildirishmoqda.
Ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rganmiz, bunaqa yaxshi zamonlar ham kelar ekanku,- deydi 80 yoshni qarshilagan Asqar ota Sattorov. - Mahallamizda elektr, suv tarmoqlari yangi qo‘yilmoqda. Transformatorlar yangilanib, yo‘llarimiz asfalt qilindi. Prezidentimizga rahmat eng chekka qishloqlarga ham e’tibor qaratib, sharoitlarni yaxshilab bermoqda.