Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILMOQDA
2023-08-08 17:03:03 356
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Unda 25 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 2 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 3 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek qabul so‘ngida tuman hokimi kunlik va sayyor qabullar davomida qabul qilingan murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasini ham muhokama etdi. Belgilangan muddatda ijro etmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq bo‘lgan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.