Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM YORDAMCHISI KO‘MAGI BILAN ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA
2023-08-09 17:36:07 446
Toshloq tumanida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan imtiyozli kreditlar ajratilib, yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda.
Xususan, joriy yilda Furqat MFY hokim yordamchisi Nodirjon Mo‘minov tavsiyasi asosida imtiyozli kreditlar ajratilib, ko‘plab tadbirkorlar o‘z faoliyatini boshladilar. Furqatlik Izzatillo Erkinboyev ham 25 million so‘m imtiyozli kredit olish hisobiga yangi uskunalar olib kelib o‘rnatdi.
Tadbirkor o‘zining "Pikachu" brendi ostida chips ishlab chiqarib qadoqlab ichki bozorga chiqarmoqda. Oilaviy ishchi jamoadan tashqari qo‘shimcha 6 nafar mahalladoshlarini ish bilan ta’minladi.
-Hozircha kuniga 500 kilogramm chips ishlab chiqarmoqdamiz,-deydi tadbirkor I. Erkinboyev. -Ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirishni maqsad qilyapmiz. Bu esa yana 10 dan ortiq ishchi o‘rni yaratishni talab qilmoqda. Bunga mahalladagi ishsiz yoshlarni jalb qilishni niyat qilganmiz.