Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA “20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI YUZASIDAN SEMINAR O‘TKAZILDI
2023-08-14 17:29:29 400
Tumandagi “Amira Textile” korxonasida bo‘lib o‘tgan seminarda sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi PF 93-sonli Farmoniga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirilishi belgilangan. Dastlab seminarda farmonning mazmun-mohiyati, tadbirkorlarga yaratiladigan shart-sharoitlar, imtiyoz va qulayliklar haqida keng tushunchalar berildi.
Shuningdek yig‘ilganlarga dasturda tadbirkorlarga imkoniyatlar yaratib berish orqali ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish va shu yo‘l bilan kambag‘allikni qisqartirish hamda bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasida ta’kidlab o‘tildi.
Seminarda hokim yordamchilarining ijobiy xulosasiga ko‘ra, tumandagi 15 ta tadbirkorlik sub’yektlariga "Hamkorlik sertifikatlari" topshirildi. Shu kuni tumandagi ish izlayotgan ishsiz bo‘lgan 50 nafarga yaqin xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlari tanishtirildi.
Tashkil etilgan "Mehnat yarmarkasi"da 10 nafardan ortiq fuqarolarning bandligi ta’minlandi.