Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARQISHLOQ OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKITIDA BARCHA SHAROITLAR YARATILADI
2023-08-15 12:11:36 318
“Tashabbusli byudjet” doirasida ajratilayotgan mablag‘lar hududlarda yashovchi aholining yillar davomida yig‘ilib qolgan eng dolzarb muammolariga yechim bo‘lyapti.
Toshloq tumanidagi Jarqishloq mahallasi aholisi “Tashabbusli byudjet” loyihasining birinchi bosqichida ishtirok etib, Jarqishloq oilaviy shifokorlik punkitini mukammal ta’mirlash loyihasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan edi. Loyihaga ko‘ra, qurilish ta’mirlash ishlari uchun 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilib, ayni paytda bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Qurilish jarayonida shifokorlik punkiti binosining eshik va romlari to‘liq yangisiga almashtiriladi. Zamonaviy hamda tejamkor isitish tizimi o‘rnatiladi. Pol qismi yangilanib, binoning fasad qismi ta’mirlanadi. Bir so‘z bilan aytganda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.