Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


OILAVIY TADBIRKORLIK – FAROVONLIK OMILI

×

 2023-08-17 08:10:27    363

PDF yuklash
Chop etish


Toshloqlik sohibkor dehqonlar azal-azaldan tomorqachilikka katta e’tibor qaratishgan. Bugun tumanda oilaviy tadbirkorlik, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Jumladan, Zikrillo Rahmonov ham tumandagi «Yangiyo‘l» MFY istiqomat qilib, o‘z oilaviy biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlardan biri. U ayni paytda o‘z xonadonida pista ko‘chatini yetishtirish bilan shug‘ullanadi. 
Xonadonga qirishingiz bilan beixtiyor ulkan pista daraxtlariga ko‘zingiz tushadi. Daraxt shoxlaridagi mevalarini ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi. 
– Bundan 20 yil avval bir qadrdonim menga Erondan bir hovuch pista mevasi olib kelgan edi, – deydi Zikrillo Rahmonov. – Shu pistalardan 10 donasini yerga qadadim, uni astoydil parvarishladim. Dastlab bizning iqlim sharoitida pista o‘sarmikan, deb o‘ylardim. Vaqtlar o‘tdi, ekkan urug‘larim ham rivojlanishda davom etardi. Buni qarangi, 4-5 yil deganda mevaga kira boshladi. Pistalarni ko‘rib, qiziqishim yanada ortaverdi. Ko‘chatlar bergan hosildan ko‘chat yetishtirshni boshladim. Hozirda yiliga 10 ming tupga yaqin pista ko‘chati tayyorlab, sotaman. Sof daromadimiz ko‘chatning o‘zidan yiliga 100 million so‘mdan oshadi. Biz «Do‘lana», «Akbariy», «Ahmadiy» navli xandon pistalarni yetishtiramiz. Pista ko‘chatlari o‘rtacha 4-5 yilda meva beradi. Kam bo‘lmadik: pistachilik ortidan farzandlarimning to‘ylarini o‘tkazdim, uylar soldim. 
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, pista mag‘zi tarkibi asosan yog‘ va oqsilga boy. Inson tanasi uchun eng zarur elementlar unda mujassam. O‘zbekning dasturxonini pista va bodom to‘kin va totli qilib kelishi shundan.