Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI
2023-08-17 19:20:04 324
Bugun Toshloq tumani hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligidagi media-rejaga asosan, matbuot anjumani o‘tkazildi.
Dastlab, OAV vakillariga tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev tumanda aholi bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshiriliyotgan chora-tadbirlar hususida ma’lumot berdi.
Aytib o‘tilganidek, joriy yilda birinchi navbatda tumanning “Ishsizlikdan va kambag‘allikdan holi hududga aylantirish” maqsadida 2023 yil davomida 32,3 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
“Mahallabay ishlash” tizimi orqali hokim yordamchilari tomonidan joriy yil o‘tgan davr mobaynida jami 11 442 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlanishiga erishildi.
Hokim yordamchilarining tavsiyanomalari asosida 21,8 mlrd.so‘m imtiyozli kredit va 75 nafar fuqarolarga asbob-uskuna uchun 214,3 mln.so‘m subsidiyalar ajratish hisobiga 1100 nafarga yaqin fuqarolarni bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan yangi mexanizm asosida 135 ta “mahallabay” mikroloyihalardan 73 tasi (qiymati 25,5 mlrd.so‘mlik) ishga tushirilib, natijada 257 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Matbuot anjumani so‘ngida tuman hokimi mavzu yuzasidan jurnalist va blogerlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.