Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


KUTUBXONACHILARNING KASBIY BILIM VA KO‘NIKMALARINI OSHIRISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-08-18 16:08:05    387

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida umumta’lim maktab kutubxonachilarini malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Toshloq tumanida seminar o‘tkazildi.
Unda umumta’lim maktablarining 47 nafar kutubxonachilari uchun "Kutubxonalarda mavjud me’yoriy hujjatlar bilan ishlash va ularni yuritish tartibi" hamda "Maktab kutubxonalarida  bibtexnika vositalarini yuritish tartibi" mavzusida tushunchalar berildi.
Ta’kidlandiki, o‘quvchini kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishda, ma’naviyatini yuksaltirishda albatta kutubxonachi o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishi, kasbiy bilim va ko‘nikmasini oshirishi zarur.
Seminarda Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Odilxo‘jayeva,  ma’naviyat bo‘limi shoʻba mudiri G.Qo‘chqorova hamda viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassislari ishtirok etdilar.     
Seminar ishtirokchilariga tumandagi 6-, 12-umumta’lim maktabi kutubxonachilari tomonidan mavzu asosida nazariy bilimlar va amaliy  mashg‘ulotlar  o‘tkazildi.  Shuningdek, seminarda yangi 2023-2024-o‘quv yilida  o‘quvchilarni  kutubxonaga jalb qilishda indivudial yondashuvlar, g‘oyalar berildi.