Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
20 NAFAR XOTIN-QIZLAR DOIMIY ISH O‘RNI BILAN TA’MINLANDI
2023-08-22 15:22:39 372
Bugun yurtimizda mahalla tizimiga bo‘lgan e’tibor tubdan o‘zgargan. Mahallabay ishlash orqali hududdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni muammolariga yechim topish, davlatimiz tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlarni to‘g‘ri yo‘naltirish borasidagi ishlar ko‘lami kengaymoqda. Buning natijasida esa mahallalar obod bo‘lib, ishsizlar soni kamayib fuqarolar manfaatdorligi oshmoqda.
Toshloq tumanidagi mahallalarda vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, shu hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
So‘filar mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular orasida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib allaqachon yaxshigina daromad topayotganlari ham talaygina.
Hayotxon Sharobiddinova ham tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozdan foydalangan holda 30 million so‘m kredit olib xonadonida maxsus ishchi kiyimlarini tikishni yo‘lga qo‘ygan.
Hozirda tadbirkor zamonaviy tikuv uskunalarini o‘rnatib 20 dan ortiq ishchi o‘rni yaratib mahalladagi “Ayollar daftari”, “Temir daftari”da turgan ayollarni ham ish bilan ta’minlagan. Bu yerda olti turdagi sifatli maxsus ishchi kiyimlari tikish bilan barobarida ishchilarga ham yaxshi sharoit tashkillangan. Ularga bepul tushlik, yo‘lkira pullari ham beriladi.
—Kuni kecha Prezidentimiz tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida biz kabi kichik biznes vakillariga katta e’tibor qaratganliklari meni yana ham ruhlantirdi. Sababi biz kabi tadbirkorlar faoliyati kengayishida davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlarning o‘rni katta—deydi H. Sharobiddinova.—Oldimizga ulkan rejalarni qo‘yganmiz. Tikuv mashinalari sonini ko‘paytirib, yangi ishchi o‘rni yaratib, qo‘shimcha faoliyatimizni yo‘lga qo‘yishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz. Bu bilan nafaqat mahalladoshlarimizni ish bilan ta’minlashimiz mumkin, balki qo‘shni mahalladagi ishsiz ayollarni ham ish bilan band bo‘lishiga sharoit yaratgan bo‘lamiz.