Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XORIJDA ISH IZLOVCHI EDIM, YURTIMDA ISH BERUVCHI TADBIRKORGA AYLANDIM — RO‘ZIMUHAMMAD MASHRAPOV

×

 2023-08-22 16:36:27    351

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, har bir oilani tadbirkorlikka jalb etish orqali muqim daromad manbaini yaratish, aholi farovonligini yuksaltirishda ulkan yutuqlarga erishilyapti. Ayni jarayonda xorijda ishlovchi mehnat muhojirlarini yurtimizga qaytarish, ular uchun doimiy ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlik qilish istagidagilarga imtiyozli kredit ajratish, bo‘sh binolarni nol qiymatda ijaraga berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hayotbaxsh islohotlar samarasi sifatida esa so‘nggi yillarda oilaviy tadbirkorlik, yakka tartibdagi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes sub’yektlari soni quvonarli darajada ko‘payib, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni hayotga tatbiq etishda juda ham qo‘l kelayotir. Bu borada Toshloq tumani mahallalarida erishilayotgan yutuqlar ham e’tiborga sazovordir.      
“So‘filar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ro‘zimuhammad Mashrapov qariyb 13 yildan buyon Rossiya Federatsiyasining Kaleningrad shahrida qurilish sohasida ishlab kelgan. 
Vatandan olisda, oilasidan yiroqda mehnat qilayotgan yurtdoshimizga o‘z Vatanida ham ishlab yaxshi daromad qilishga sharoit yetarli ekanligi mahalla beshligi tomonidan tavsiya qilingan edi. Qadrdon oilasi bag‘riga qaytgan R. Mashrapov “bersang yeyman” deb o‘tirmadi. Avvaliga o‘z mablag‘i hisobiga penablok g‘ishtlarini ishlab chiqaruvchi uskunalarni sotib olib xonadonida o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. Oldiga o‘g‘li va ikki nafar ishchini olib ish boshlagan tadbirkor bugungi kunda o‘z faoliyatidan mamnun.
—O‘z Vataningda, oilang bag‘rida bo‘lish eng katta baxtligini his qildim. Uzoq yurtlarda mehnat qilib topgan pulingdan o‘z mahallangda, o‘zingni tadbirkorligingdan kelgan pulning barakasi bor ekan,—deydi R. Mashrapov. —Yaqinda mahalladoshlar, qarindoshlar davrasida to‘y qildik. Bu kabi marosimlarda yaqinlarning issiq yuzini ko‘rib yanada quvonasan kishi. 
Qishda issiq, yozda muzdek saqlovchi penablok g‘ishtlarini ishlab chiqarishni boshlagan tadbirkorga mahalladoshlaridan ko‘plab buyurtmalar tushmoqda. Bundan tashqari, ichki bozorga ham mahsulot yetkazib berishni yo‘lga qo‘yganligi tadbirkorning daromadi ko‘payib faoliyatini yanada kengaytirishiga sababchi bo‘lyapti.
Tadbirkorning uyiga kelib o‘rgangan mahalladagi beshlik imtiyozli kredit olishni ham tavsiya qildi. Bu mablag‘ evaziga ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishi, qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratishi barobarida o‘zi kabi olis yurtlardan qaytgan Vatandoshlarini ham ish bilan ta’minlashi mumkinligini aytib o‘tdilar.