Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BILIMLAR SARI CHORLAR BIRINCHI QO‘NGʻIROQ

×

 2023-09-04 09:33:46    228

PDF yuklash
Chop etish


Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi.  Bu  qo‘ng‘iroq bu yil birinchi marta maktab ostonasiga qadam bosgan bolakaylar uchun chin ma’nodagi ilk qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Toshloq tumanidagi umumta’lim maktablarida ham yangi o‘quv yili "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" shiori bilan boshlandi. 
Ayniqsa, tumandagi 51 ta umumta’lim maktablariga 1-sinfga qabul qilingan 3835 nafar bolalarga tantanali ravishda “Prezident sovg‘alari”ni topshirilishi bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi. 
2023-2024 o‘quv yilida “Tashabbusli byudjet” loyihasi natijasida tumandagi 10 hamda 11-umumta’lim maktablari ta’mirdan chiqarilib, yangi o‘quv yiliga shay xolatga keltirildi. Endilikda o‘quvchilar yangi qurilgan o‘quv binolarida barcha sharoitlarga ega sinfxonalarda ta’lim-tarbiya oladilar.  Bayramona ruhda o‘tgan “Bilimlar kuni” tadbirlari 2-umumta’lim maktabida ham keng nishonlandi. Unda so‘z olganlar  o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladilar.
Aytish mumkinki, joriy yilda ta’lim sohasidagi dunyoning eng ilg‘or davlatlardan biri bo‘lgan Yaponiya tajribasini tatbiq etish uchun 2-umumta’lim maktabi tanlab olindi. Shu sababdan yangi o‘quv yilida ushbu maskanda o‘quvchilarga Yaponiya ta’lim tizimi metodikasiga ko‘ra bilim beriladi. 
Tumandagi barcha ta’lim muassasalarida “Bilimlar kuni” tadbirlari doirasida  “O‘zbekiston – mening Vatanim” shiori ostida “Mustaqillik darslari“ bo‘lib o‘tdi.