Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA “XAVFSIZ MAHALLA-XAVFSIZ XONADON” TEZKOR-PROFILAKTIK TADBIRLAR BO‘LIB O‘TMOQDA
2023-09-08 13:31:31 217
Ayni damda Toshloq tumani hududida Jamoat tartibini saqlash, tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Xavfsiz mahalla – xavfsiz xonadon” maxsus-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tumandagi Xo‘jaariq MFYda “Xavfsiz mahalla-xavfsiz xonadon” maxsus-profilaktik tadbirda ichki ishlar xodimlari, mahalla beshligi, kommunal soha vakillari hamda mahalla faollari qatnashdilar. Tadbirda tuman prokurori Shuhratjon Musayev hamda tuman IIB boshlig‘i Farhodjon Bektoshevlar so‘z olib, sohaviy xizmatlar tomonidan “ob’yektbay” va “xonadonbay” ishlash, "qizil” toifadagi mahallalarda tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va boshqa bir qator yo‘nalishlarda aniq va rejali chora-tadbirlar bajarilishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari mahalla hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash maqsadida xonadonma xonadon yurib fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazdilar. Tadbir davomida ishsizlar ham aniqlanib, mahallada tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi”ga jalb etildi. Bundan tashqari hududdagi maktablarda davomad tadbirlari o‘tkazildi.
"Xavfsiz mahalla – xavfsiz xonadon” maxsus-profilaktik tadbirlar tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tadi. Ayniqsa, “qizil” toifadagi mahallalarga joyiga chiqqan holda kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib, o‘rganish natijasiga ko‘ra aniq maqsadli chora-tadbirlar belgilanadi.