Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YANGI YO‘L MFYDAGI “SILICON” O‘QUV MARKAZI YILDAN YILGA YUQORI NATIJALARGA ERISHMOQDA

×

 2023-09-11 08:43:32    240

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda o‘quv markazlarining tashkil qilinib, faoliyat olib borayotganligi albatta, yoshlarning mukammal bilim egallashlari uchun yana bir imkoniyatni yaratib bermoqda, desak adashmaymiz.
Toshloq tumanida alohida o‘ringa ega "SILICON" o‘quv markazi "Yangi yo‘l" mahallasida 2016 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Hozirda o‘quv markazda 20 nafar o‘qituvchilar ish bilan ta’minlangan. 
Ma’lumot uchun, o‘quv markaz tomonidan qisqa 2 yillik faoliyati davomida 1000 nafardan ziyod o‘quvchilarga ta’lim berilgan. Bulardan 30 nafardan ortiq o‘quvchilar IELTS, 40 nafar o‘quvchilar Multi – level sertifikatlariga ega bo‘lishdi. Shuningdek, shu kungacha 40 nafardan ortiq o‘quvchilar AQSH, Janubiy Koreya, Angliya, Germaniya, Rossiya, Turkiya davlatlaridagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishdi.
Markaz o‘quvchilari yangi o‘quv yilida mamlakatimizdagi Oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kirishda yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar. 100 nafardan ziyod toshloqlik yoshlar o‘quv markazing yordami bilan respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdilar.
Kuni-kecha tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv markazi tomonidan tadbir tashkil etildi. Tadbirda umumta’lim maktablari direktorlari, mahalla faollari, o‘quvchilarni ota-onalari uchun fayzli dasturxon yozildi. Unda so‘z olgan tuman hokimi o‘rinbosari Elmurodxon Madaminov keyingi yillarda tumanda oliy ta’limga qabul qilinayotgan yoshlarning safi kengayib borayotganligini, bunda o‘quv markazlarining xizmati katta bo‘layotganligini ta’kidlab o‘tdi.