Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


2-SEKTOR HUDUDIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILANING UY-JOYI TA’MIRLAB BERILDI

×

 2023-09-12 13:09:39    236

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda mamlakatimizda bo‘lgani kabi Toshloq tumanida ham kam ta’minlangan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Ayniqsa, sektor rahbarlari tomonidan hududlarda xonadonma xonadon o‘rganishlar olib borilishi natijasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan taqdir yo‘llarida o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan va imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga manzilli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.
2-sektor hududida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish hamda ularning muammolarini hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 
Yaqinda, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Shuhratjon Musayev Yuqoriqishloq MFYda aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida xatlov o‘tkazgan edi. Sektor rahbari ushbu mahallada yashovchi “Temir daftar"ga kiritilgan Shirinxon Abdurahimova xonadonida bo‘lib, yashash sharoitini o‘rgandi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, fuqaro 2011 yilda boquvchisini yo‘qotganligi, oila hozirda ehtiyojmand ekanligi, yashash xonadoni ta’mirga muhtojligi aniqlandi. 
Shundan so‘ng, viloyat prokurori B.Ismoilov topshirig‘iga asosan tuman prokurori Sh.Musayev boshchiligida ishchi guruh tuzilib, xonadon homiylik ko‘magi bilan to‘liq ta’mirdan chiqarildi. 
Hozirda xonadon egasi Sh.Abduraximova bunyodkorlik ishlaridan mamnun bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yuritayotgan oqilona siyosatidan mamnunligi hamda ushbu xayrli ishda bosh bo‘lgan viloyat prokurori B.Ismoilovga, 2-sektor rahbari Sh.Musayevlarga o‘z minnatdorchiligini bildirmoqda.