Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Paxta—2023: TERIMDA UYUSHQOQLIK TA’MINLANMOQDA

×

 2023-09-15 07:54:50    228

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda tumanimizning qator fermer xo‘jaligi dalalarida joriy yilgi paxta terimi mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda. 
Ta’kidlash joizki, mavsum uyushqoqligini ta’minlash maqsadida tumanda jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilib, fermer xo‘jaliklari va terim otryadlari a’zolari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.
Bu yil Toshloq tumanida 4800 gektar maydondan 18200 ming tonna sifatli paxta hosili yig‘ishtirib olishda mavsum ishtirokchilarining moddiy manfaatdorligini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani muhim omil bo‘lmoqda. 
Shu bois terimda har kuni o‘rtacha 6500-6700 nafar terimchilar qatnashmoqda.  
Hozirgi kunga qadar paxtachilik yo‘nalishidagi 91 ta fermer xo‘jaliklari va 80 ta terim otryadlari tomonidan 4.8 ming tonna paxta terib olindi.
 Bugungacha 1297 gektardan terib olingan paxta hosildorligi bir gektardan o‘rtacha 37.1 syentnerni tashkil etayotir. Ko‘plab ilg‘or fermer xo‘jaliklari birinchi terimning o‘zida 42-45 syentnerdan hosil olishga erishayotgani quvonarlidir.
Tumandagi So‘filar MFYda Xolmurod Yakubov boshqarayotgan “Shox Jo‘raboy fayz” fermer xo‘jaligi ham bu yil 15.3 gektar yer maydoniga “S-8290” navli paxta ekkan.
 Dastlab yerni ekishga tayyorlash ishlari me’yorida olib borilib qator oralariga ishlov berib g‘o‘zaning agrotexnik qoidalari yetarli darajada bajarilganligi hamda yetti marotaba kultivatsiya ishlari amalga oshirilganligi hosilning mo‘l bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan. Avvaliga gektariga 200 kilogrammdan ammofost va karbamid solinib, yana 200 kilogrammdan ikki marotaba selitra solingan. Bundan tashqari bargdan ozuqa berish -biostimulyator qilish ishlari ham o‘z vaqtida olib borilgan. Shira va ko‘sak qurtiga qarshi “Entospilan” qo‘llanilgan.
—Birinchi terimning o‘zida 15.3 gektar maydonga ekilgan paxtaning har gektaridan o‘rtacha 40 syentnerdan hosil olinyapti. Dalamizda hali hosil mo‘l.
 Terimchilarga har kuni issiq tushlik tayyorlab berilmoqda. Barcha terimchilarimiz maqtovga arzigulik. Terimda a’zolardan tashqari uyushmagan aholi vakillari ham kuniga o‘rtacha 80-120 kilogrammgacha paxta terib xirmonimiz yuksalishiga o‘z hissalirini qo‘shmoqdalar—deydi fermer X. Yakubov.
Mavsum fidoyilari kuzning har bir quyoshli kunini g‘animat bilib, yig‘im-terim ishlarini uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar.