Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“SO‘FILAR” MAHALLASIDA YOSH TADBIRKORLAR SAFI KENGAYMOQDA

×

 2023-09-16 09:25:20    199

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlikka, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikka keng yo‘l ochilgan bo‘lib, Toshloq tumanida ham  o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, o‘zi, oilasi, mahalla, el-yurt farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh tadbirkorlar safi kengaymoqda.
“So‘filar” mahalla fuqarolar yig‘inida ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Jumladan Alisher Parpiboyev ham o‘zining ishlab chiqarish binosiga ega bo‘lib bu joyda asosan eshik-romlar yasashni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari qo‘shimcha yo‘nalish sifatida oynak kesish xizmatini ham tashkil etgan. 
-Bugungi kunda buyurtmachilarimiz soni ortib borayotganligi sababli ishlab chiqarish imkoniyatimizni kengaytirib ko‘proq ishchi o‘rni yaratishni maqsad qilganmiz. Qo‘shimcha uskunalar sotib olish uchun kredit olishni rejalashtirmoqdamiz. Buning evaziga sifatli va hamyonbop eshik-rom va oynalar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytiramiz,-deydi tadbirkor A. Parpiboyev.
Tadbirkorligi ortidan o‘z manfaatdorligi oshishi bilan bir qatorda aholiga arzon va sifatli mahsulotni yetishtirib berayotgan, ishchi o‘rni yaratib boshqalar manfaatdorligini ham yo‘lga qo‘ygan ishbilarmonlar tumanimizda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu esa yurtimiz farovonligiga hissa bo‘lib qo‘shiladi.