Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA 32 NAFAR YOSHLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA ASBOB-USKUNALAR TOPSHIRILDI
2023-09-16 18:13:43 261
Bugun Toshloq tumani hokimligida 32 nafar yoshlarga 150 million so‘mlik tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini-o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari, 6 nafar yoshlarga kompyuter jamlanmasi, 12 nafariga tikuv mashinasi hamda 14 nafar yoshlarga mehnat qurollari, asbob-uskunalari topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, taklif va istaklarini o‘rganish, ularni hal etish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, tuman hokimi hamda sektor rahbarlari 32 nafar yoshlarga bandligini ta’minlash uchun subsidiya asosidagi asbob-uskunalarni topshirdilar.