Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Toshloq tumanida Yaponiya ta’lim tizimini sinov tariqasida amalga oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
2023-09-19 08:12:27 219
???? Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining 2022 yil 5-11 dekabr kunlari Yaponiyaga amaliy tashrifi doirasida Tokio shahridagi Fujimigaoka maktabida olib borilgan o‘rganishlar hamda muloqotlar natijasida, ta’lim va tarbiyani uyg‘un holda olib borib, bolalarni hayotga tayyorlashni asosiy maqsad qilgan Yaponiya ta’lim tizimini viloyatimizda sinov tariqasida joriy etish maqsadida viloyatdagi 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari tanlab olingan.
????Toshloq tumanida Yapon ta’lim tizimini sinov tariqasida 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirish belgilangan.
???? Joriy yilning 16 sentyabr kuni tumanimizdagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yapon ta’lim tizimini sinov tariqasida amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish va tahlil qilish maqsadida viloyat hokimi o‘rinbosari F.Qosimov hamda viloyatimizdagi shahar va tumanlaridagi hokim o‘rinbosarlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
???? Maktabda yapon ta’limi tajribasi namuna sifatida boshlang‘ich 20 ta sinflardagi 545 o‘quvchilarga tadbiq etiladi. Maktabdagi 1341 nafar o‘quvchining qo‘l telefonlarini joylashtirish uchun qutilar, 545 nafar o‘quvchi uchun oyoq kiyimlarini taxlash uchun 20 ta javon, o‘quvchilarni qo‘l yuvishlari uchun 14 ta boshlang‘ich sinf binosida qo‘l yuvish, 5 dona idish yuvish moslamasi, sinf xonalarda o‘quvchilarning har bir dars mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida 9 ta sinf xonasiga elektron doska, 5 ta sinf xonasiga magnit doska hamda 43 dyumli qo‘shimcha televizor o‘rnatilgan.O‘quvchilarda mehnat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida barcha sinf xonalariga tozalov vositalari, maktab hududidagi ekin yerlarni sinflarga biriktirilgan, shuningdek, mehnat qurollari bilan ta’minlangan.