Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
2023-09-19 16:45:11 234
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabul jarayonida tuman hokimi tomonidan har bir fuqaroning muammosi tinglandi. Uchrashuvda aholi tomonidan uy-joy, gaz, ichimlik suvi, yo‘l, yer, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash va boshqa maishiy masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Unda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. 15 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 3 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 2 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Qabulda ayrim masalalar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.