Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASIGA YANGI MAXSUS TEXNIKALAR AJRATILDI

×

 2023-09-25 08:58:57    302

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz hududlarini toza va obod etishda Obodonlashtirish boshqarmasining mehnat jamoasini hissasi beqiyosdir. Ushbu soha xodimlari har kuni erta tongda mehnatga kirishib, ko‘cha va hiyobonlarni tartibga solib, saramjon-sarishta qilmoqdalar.   
O‘z o‘rnida obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga munosib sharoitlar yaratish maqsadida tuman hokimligi tomonidan bir qator amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Keyingi yillarda korxonaning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. 
Kuni-kecha tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev boshqarma xodimlariga yangi texnikalarning kalitlarini topshirdi. Boshqarmaga yangi yuk tashuvchi hamda suv sepuvchi mashinalar taqdim etildi. Berilgan yangi texnikalarning qiymati salkam 1 milliard so‘mni tashkil etadi. 
Endilikda ushbu transport vositalari nafaqat tuman markazi, balki chekka qishloqlarda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlarida ham xizmat ko‘rsatadi.