Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA 1 OKTYABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-09-27 19:01:21    192

PDF yuklash
Chop etish


Sana munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiriga ta’lim tizimida ko‘p yillar mehnat qilgan faxriy pedagoglar, tumandagi umumiy ta’lim muassasalarida fidokorona mehnat qilayotgan o‘qituvchi va murabbiylar hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida samarali mehnat qilayotganlar taklif etildi.
Dastlab tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev barcha soha xodimlarini 1oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Tuman hokimi tabrik so‘zida mamlakatimizda keyingi 5 yil mobaynida muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuskorligida bog‘cha, maktab va oliy ta’lim tizimida ishlayotgan tarbiyachilar, o‘qituvchi va ustozlar mehnatini munosib qadrlash, ularning ish haqini, jamiyatdagi nufuzini oshirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilganligini ta’kidlab, keyingi ikki yilda ham tumanimizda 10 dan ortiq  maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga  oshirildi.  Yangi o‘quv binolari foydalanishga topshirildi. “Tashabbusli byudjet” loyihasi  bo‘yicha 11 ta maktabimizning moddiy-o‘quv texnik bazasi boyitildi, qo‘shimcha o‘quv binolari barpo etilib,  o‘yingohlar o‘quvchilar ihtiyoriga topshirilganligini aytib o‘tdi.
Tadbirda ta’lim sohasida na’munali faoliyat yuritib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar fidokorona xizmatlari uchun esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Konsert dasturida san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar ustozlar uchun ajoyib bayram kayfiyatini ulashdi.