Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 159 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


2- SONLI DMTTDA "SOGʻLOM OVQATLANISH KUNI"GA BAGʻISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-09-28 15:00:25    250

PDF yuklash
Chop etish


Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Sog‘lom ovqatlanish kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlardan asosiy maqsad maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni xavfsiz va sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirishdir.
Shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirish, ovqat tayyorlash uchun mas’ul xodimlar (hamshiralar, oshpazlar va ombor mudirlari)ning bilimlarini mustahkamlashdan iboratdir.
Tumandagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  bo‘lib o‘tgan tadbirda mutaxassislar tomonidan "To‘g‘ri ovqatlanish-salomatlik garovi" mavzusida ko‘rgazmalar namoyish etildi.
Tadbirda bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun rasmlar orqali iste’molga yaroqli bo‘lgan mahsulotlar ko‘rsatib o‘tildi. Bolajonlarga meva va sabzavotlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.