Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TANLOV NATIJALARI ASOSIDA GʻOLIB NOMZODLAR ANIQLANDI

×

 2023-09-29 16:53:03    178

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, bandlikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va boshqa sohalarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan mas’ullarni rag‘batlantirish uchun mahalla beshligi uchun tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” tanlovlarini o‘tkazish hududlarni kompleks rivojlantirish, obod va farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 
Tanlovning bu yilgi dastlabki tuman bosqichi Toshloq tumanida ham bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar tomonidan tanlov o‘tkazuvchi tuman tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etilgan hujjatlar, ishlanmalar va fotoalbomlar hakamlar hay’ati tomonidan birma-bir ko‘rib chiqilib, baholandi.
Tanlovning tuman g‘oliblari viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.