Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA IJTIMOIY OB’YeKTLARNI ISSIQLIK ENERGIYASI BILAN TA’MINLASHGA TADBIRKORLAR JALB ETILDI

×

 2023-10-05 08:10:32    189

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Toshloq tumanida issiqlik yetkazib berishda shu usul joriy etildi.
— Ayni kunlarda ijtimoiy soha ob’yektlarini kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadidagi ta’mirlash ishlari deyarli yakuniga yetkazildi,—deydi Toshloq tumani hokimi o‘rinbosari Avazbek Dehqonov. —Shu tariqa tumandagi 52 ta umumta’lim maktabi, 17 ta tibbiyot muassasasi hamda 3 ta madaniyat va sport ob’yektlari davlat xususiy sheriklik tamoyili asosida boshqaruvga berildi.
Hozirda ushbu ob’yektlarda “Rayyona biznes taʼmir” MCHJ tomonidan modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar 100 ga yaqin ob’yektlarda yangi qozonlar o‘rnatilib, ishga tushirildi. Shuningdek, 5 ming 350 tonna ko‘mir keltirilib, qish oylari uchun zaxira yaratildi.