Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


IMTIYOZLAR IMKONIYAT YARATMOQDA

×

 2023-10-09 14:03:10    218

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish va ularni bandligini ta’minlashga davlatimiz tomonidan katta imkoniyatlar yaratib berilgan. 
Ayniqsa “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida mahallalarda xotin-qizlar faoli ko‘magida imtiyozli kreditlar ajratilishi ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlanishi, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishiga katta turtki bo‘lyapti. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelayotgan xotin-qizlarimiz safi ham tobora ortib bormoqda. Ularning orasida hunari ortidan yaxshi daromad olib oilasi farovonligini yuksaltirib borayotganlari ham borki ko‘rib havasingiz keladi.
Axshakguzar mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ozodaxon Sodiqova “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan. U o‘zining yashash xonadonida bittagina tikuv mashinasida bolalar kiyim-kechaklarini tikishni boshlagan edi. Mahalla hokim yordamchisi  ko‘magi bilan to‘qqiz milloin so‘m imtiyozli kredit olib yana qo‘shimcha tikuv mashinalari sotib oldi. Hunarni puxta egallagan tikuvchiga bu imtiyoz juda qo‘l keldi. Mahalladagi o‘zi kabi ishsiz ayollarning besh nafarini ish bilan ta’minlash barobarida  ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga astoydil harakat qilmoqda.
Asosan erkaklar kiyimlari va bolalar kiyim-kechaklari tikish bilan shug‘ullanayotgan O. Sodiqova “Ayollar daftari”dan chiqib kichik tadbirkorga aylandi. Hozirda ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini ichki bozorlarga tarqatiladi. Sifatli xom-ashyodan foydalangan holda tikilayotgan bejirim kiyim-kechaklarning xaridori ancha ko‘paygan. 
—Mavsumga qarab har xil turdagi kiyim-kechaklarni tikishni yo‘lga qo‘yganmiz. Bu darajaga yetib o‘z tadbirkorligimni yo‘lga qo‘yishimda avvalo Prezidentimizga minnatdorchilik bildiraman. Ularni biz kabi ayollarga berayotgan e’tibor va imtiyozlari tufayli men kabi ko‘plab ayollar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib ko‘plab ishchi o‘rinlari yaratib kelmoqda. Bu esa yurtimizda faol va ishbilarmon ayollar safi ortishiga katta yo‘l ochib beradi,—deydi O. Sodiqova.