Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HUNARMAND MAHALLADOSHLARIGA ISH O‘RNI YARATMOQDA

×

 2023-10-09 14:04:36    246

PDF yuklash
Chop etish


Oddiy temirga ishlov berib guldor darvozalar yasashda hunarmanddan uzoq yillik tajriba va bilim talab etiladi.
Tohirjon Qahhorov mana o‘n yildirki temir darvoza yasash bilan shug‘ullanib keladi. U hunar sirlarini ustozi zarkentlik Ravshanbek Xolmatovdan o‘rganib bugungi kunda o‘zi ham ko‘plab shogirdlariga ega hunarmandga aylangan.
Axshakguzar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘ziga qarashli bo‘lgan joyda temir darvoza ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan T. Qahhorov mahalladagi ishsiz yoshlarning to‘rt nafariga hunar sirlarini o‘rgatib ularni bandligini ta’minlagan. Shogirdlari Samadjon Ismoilov, Azizbek Ro‘ziboyev, Muhammadsodiq Xolmashrabov, Ergashali Abdulg‘aniyevlar temirdan  darvoza yasash hunarini puxta egallab hunarmandga kamarbasta bo‘lmoqdalar.
—Bu hunar sirlarini o‘rganish uchun kamida bir yarim yildan uch yilgacha vaqt sarflanadi. O‘zim ham uch yil davomida shogirdlikda yurib bu hunarning ko‘plab jihatlarini o‘rgandim. Mana shu olgan bilimlarni yoshlarga ham o‘rgatib ularni yaxshi ustalar safida ko‘rish niyatim bor.
T. Qahhorovning aytishicha buyurtmachilarning talabidan kelib chiqib tayyorlanayotgan darvozalar asosan Toshkent, Qo‘qon va Buxorogacha yetkazib berilmoqda. Temir darvozalarni yasashda buyurtmachilarning didi, xoxishi, dizayni asosiy e’tiborda bo‘lib ularni sifatli mahsulotdan yasalishiga ham katta ahamiyat qaratiladi.
«Hunarli kishi xor bo‘lmas» deb bejizga aytilmaydi. Sababi o‘rgangan hunarini xor qilmay uni sarflay olishi va boshqalarga ham o‘rgatib daromad keltirishi insonga ham zavq, ham o‘z ishidan qoniqish hosil qiladi.