Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN YOSHLARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA
2023-10-10 13:02:13 206
Axshakguzar mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Muhriddin Ne’matjonov ikkinchi guruh nogironi. Unga yoshlar yetakchisi ko‘magi bilan mini yer haydash traktori berilgan.
U bu yil xonadonidagi bo‘sh turgan 10 sotix yerni haydab, ishlov berib sholg‘om, turp ekdi. Mavsumda o‘z yeridan ortib qo‘shnilari yerini haydab qo‘shimcha daromad ham qilishga erishdi. Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘zi mehnat qilib tomorqasidan unumli foydalanishga astoydil harakat qilmokda.
—Qo‘lim, oyog‘im but. Ammo sog‘ligimda jiddiy muammo borligi sababli nogiron bo‘lib qolganman. Shunda ham o‘zim mehnat qilib oilam ro‘zg‘origa qarashsam deyman. Har yili otam bilan birga tomorqamizga ekin ekamiz. O‘tgan yili ham turp, sholg‘om ekib 10 million so‘m daromad qilgandik. Bu yil menga mini yer haydash traktori berishdi. Bu texnikadan unumli foydalanib tomorqamizdagi yerni haydab bu yil ham turp, sholg‘om ekdik. Endi mehnatlarimizga yarasha daromad olamiz degan umidimiz bor,—deydi M. Ne’matjonov.