Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“JAHOLATGA — QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-10-11 16:37:10    255

PDF yuklash
Chop etish


  Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni mustahkamlash borasida jamoat tashkilotlari tomonidan turli hil ma’naviy-marifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.     Hususan, “Piyozchilik” MFYdagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinflar ishtirokida "Jaholatga-qarshi ma’rifat" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.                             Unda Toshloq tumani hokimligi din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Abdullayev, tuman hokimining maslahatchisi M.Qoraboyeva, tuman bosh imom-xatibi I.To‘ychiyev, tuman bosh otinoyisi M.Nishonova hamda xotin-qizlar targ‘ibot guruhi rahbari M.Jo‘rayevalar ishtirok etdilar.    Samimiy va suhbat tarzida o‘tkazilgan tadbirda so‘z olganlar hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhimligi, yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish uchun ularni turli tajovuzlardan himoya qilish uchun avvalo ularning qalbida ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni qalblariga singdirish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar. 
Shu bilan birga tadbirda o‘quvchilarni odob-ahloqi, ularning o‘zbekona kiyinish madaniyati, buzg‘unchi yot g‘oyalar ta’siridan asrash, milliy, diniy an’analar, urf-odatlar hamda qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish masalalarida ham fikr yuritildi.