Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Maktab o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida tumandagi yirik korxonalar faoliyati tanishtirilmoqda

×

 2023-10-13 11:41:12    217

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida o‘quvchilarni maktab davridayoq aniq bir kasb-hunarni puxta o‘zlashtirishi uchun tizimli ishlar olib borilmoqda. Yoshlarni kasb-hunar o‘rganishlari uchun tumandagi barcha umumta’lim maktablarida shart-sharoitlar yaratib berilgan. Hozirgi kunda o‘quvchilar 10 ta kasb-hunar va 2 ta xorijiy tillarni o‘rganishmoqda.
Bundan tashqari, yoshlarga kasb-hunar sirlarini mukammal o‘rgatish uchun tumandagi yirik korxonalarda sayohatlar uyushtirilib, ishlab chiqarish jarayonlari yaqindan tanishtirilmoqda.
Kuni-kecha o‘quvchi qizlar  “Amira Textile” korxonasi hamda “SMShD tex” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldilar. Ularga ishlab chiqarilayotgan tirikotaj mahsulotlari namoyish qilinib, mutaxassislar tomonidan jarayonlar tushuntirildi. 
Yoshlar korxonalarda zamonaviy qurulmalar hamda tikuv mashinalarda ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechaklarni tayyorlanishini kuzatdilar.