Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Toshloq tumani IIBda 2023 yilning o‘tgan 9 oy yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili va muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

×

 2023-10-14 10:46:37    224

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani IIBda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni mustahkamlash, yo‘l harakati va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Akbarjon Yusupov ishtirokida muhokama qilindi.
Yig‘ilishda 2023 yilning 9 oyi davomida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish borasida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik ishlar sohaviy xizmatlar kesimida tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash, mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish borasida ustivor vazifalar belgilab olindi.