Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANIDA “ISSIQXONALARDA MAHSULOT YeTISHTIRISH BO‘YICHA BILIM VA KO‘NIKMALARNI OSHIRISH” TO‘GʻRISIDA KO‘RGAZMALI SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
2023-10-14 19:22:02 198
Toshloq tumanida issiqxonalarda mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha respublika ko‘rgazmali seminari tashkil etildi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari hamda barcha viloyatlardan soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Ko‘rgazmali seminar tashkil etilgan "Varzak" MFY hududida asosan issiqxonalarda mahsulotlar yetishtiriladi. Shuningdek hunarmandlar tomonidan kigiz mahsuloti ham ishlab chiqariladi. Misol uchun, Valijon Qurbonov xonadonida issiqxonada limon va sabzavotlar yetishtirilmoqda. Issiqxona asosan kigizda isitiladi. Eng muhim jihati bu usul tomorqa egasi uchun kam sarf harajatdir. Seminar ishtirokchilari ushbu xonadonda bo‘lib, issiqxonalarni kigiz yordamini isitish borasida tanishdilar.
Seminarda ishtirok etgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Azizbek Voitov Farg‘ona viloyatida xususan Toshloq tumanida issiqxonalar ko‘payib borayotganligi, qish mavsumida ham sabzavotlar yetishtirish hajmi ortayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Qish mavsumida issiqxonalarni tabiiy ishlab chiqarilgan kigiz bilan isitish qulay va arzon ekanligini, Bunday ilg‘or tajribalarni ommalashtirish zarurligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilar Zarkent mahalla fuqarolar yig‘inida 2 gektar yer maydoniga barpo etilgan issiqxonada bo‘ldilar. Bu yerda mirishkor dehqonlar tomonidan parvarishlanayotgan limon, bodiring ko‘chatlarini ko‘zdan kechirdilar. Mehmonlarga issiqxonadan unumli foydalanish borasida ma’lumotlar berildi.