Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI: YURTDOSHIM BOGʻINGGA BIR NIHOL QADA!

×

 2023-10-16 17:32:34    209

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz boshchiligida yaqinda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida joriy yilning 25 oktyabridan 1 dekabrgacha bo‘lgan muddatda mamlakatimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. 
Shu tariqa yurtimizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida ko‘chat ekish tadbirlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish rejalashtirildi.
Toshloq tumanida ham umummilliy loyiha doirasida kuzgi mavsumda 169 gektar yerda yashil hududlar tashkil etib, 342 ming manzarali daraxt nihollari ekiladi. Ayni kunlarda tumanning barcha mahallalarida keng ko‘lamli taraddud ishlari olib borilmoqda.   Ko‘chat ekish ishlariga har bir hudud kesimida alohida tayyorgarlik ishlari tashkil etilib, mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi dvomida ekish uchun turli navdagi ko‘chatlar tayyorlanayotir.  Xususan, “So‘filar” MFYda aholi xonadonlarida bo‘sh turgan yer maydonlaridan unumli foydalanish borasida katta hayotiy tajriba bor. Shu bois har yili mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida mahalla ahli faol ishtirok etib, o‘z tomorqalarini go‘zal tabiat maskaniga aylantirmoqdalar.
—Avvalgi yillari “Yashil makon” loyihasi e’lon qilinganda 8 sotixlik yer maydonimga olma ko‘chatini ekdim,—deydi  “So‘filar” MFYda yashovchi Qudratillo Abdullayev. — Mana, oradan biroz vaqt o‘tib foydasini ko‘ryapman. Toza havo, go‘zal manzaradan bahramand olish bilan birga, bog‘ mevasini sotish orqali oilamiz daromadi yaxshilanyapti. Bu yil ham kuzgi mavsumda ekish uchun bo‘sh turgan yerlarga meva ko‘chatlarini ekishni maqsad qilib qo‘ydim. Tumandagi “Besarang” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi asosan ko‘chat yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ko‘plab xonadonlarda qalamchadan ko‘chatlar parvarish qilinadi. Mahalla raisi Dilmurod Qosimovning qayd etishicha, xatlov jarayonida aholi xonadonlarida 2000 tup terak, pavloniya ko‘chatlari parvarish qilinayotgani aniqlandi. Hozirda besarangliklar loyiha doirasida tuman miqyosida ko‘chatlar yetkazib berish niyatida, tayyorgarlik ishlariga kirishgan.