Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TASHABBUSLI BYUDJET ORQALI 40-UMUMTA’LIM MAKTABIDA 140 O‘RINLI QO‘SHIMCHA O‘QUV BINOSI BARPO ETILMOQDA

×

 2023-10-18 12:46:06    174

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda mamlakatimizda “Tashabbusli byudjet” loyihasini amalga oshirilishi hamda ushbu loyiha doirasida fuqarolarimiz faol ishtirok etishi natijasida hududlarda ko‘plab muammolar o‘z yechimini topmoqda. 
Ushbu loyiha orqali ijtimoiy sohalarda ham bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 
Toshloq tumanidagi 40-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha o‘quv binosi zarurligi bois, mahalla ahli hamda maktab jamoasi faollik ko‘rsatib joriy yilning “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-bosqichida g‘olib bo‘ldilar. Natijada maktabga zamonaviy o‘quv binosini barpo etish uchun 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi. 
Ayni kunlarda binoda yakuniy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Maktab jamoasini qayd etishicha, o‘quv binosida qurilish ishlari tez va sifatli bajarilmoqda.
Tez kunlarda o‘quvchilar uchun shinam va yorug‘ sinfxonalar foydalanishga topshiriladi.