Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY MUNOSABATI

 2023-10-19 15:17:35    242

PDF yuklash
Chop etish


Bugun ijtimoiy tarmoqlarning birida Toshloq tumanidagi "Yakkatut Azizbek Diyori" fermer xo‘jaligi rahbarining farzandi Azizbek Turg‘unboyev nomidan murojaat tarqaldi.  
Murojaatda 2021 yilda mahalla uchun o‘rnatilgan suv drenaji uchun elektrdan qarzdorlik 60.000.000 so‘mni tashkil etganligi bois, otasi Ulug‘bek Turg‘unboyevni qamab qo‘yilganligi hamda “Yakkatut MMTP” raisi etib 5 oydan beri ish haqi to‘lanmayotganligini yozib o‘tgan.
Ushbu murojaat yuzasidan tuman hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganishlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. "Yakkatut Azizbek Diyori" fermer xo‘jaligi 78 gektar yer maydonida paxta-g‘allachilik yo‘nalishida foydalanib keladi deb yozilgan, lekin ushbu fermer xo‘jaligida 48 gektar yer maydoni mavjud. 23 gektar yer maydonida paxta, 25 gektar yer maydonida esa g‘alla ekib dehqonchilik qiladi.
Tuman prokuraturasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Ulug‘bek Turg‘unboyev “Yakkatut Azizbek Diyori” fermer xo‘jaligi rahbari lavozimida ishlab, umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgan.
Xususan, "Ucholish" MFY hududida joylashgan dala maydonini sug‘orish uchun o‘rnatilgan, quvvati 7,5 kVt. bo‘lgan suv nasosini tuman elektr ta’minoti korxonasining PK-elektr hisob dasturiga kiritilmagan elektr hisoblagich orqali elektr tarmog‘iga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulab, 07.08.2020 yildan 07.08.2023 yilga qadar jami 131,4 ming kVt. soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, tuman elektr ta’minoti korxonasining 59.130,0 ming so‘mlik mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 30.08.2023 yilda U.T.Turg‘unbayevga O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan zararni to‘lashdan bo‘yin tovlab yurganligi bois, U.Turg‘unbayev gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, 09.10.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Tergov harakatlari davomida U.Turg‘unbayev yetkazilgan zararni ihtiyoriy ravishda to‘liq qoplaganligi bois, 11.10.2023 yilda ushlab turish bekor qilinib ozod qilingan. Unga munosib hulq atvordagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 
"Ekspo kollor print teks" to‘qimachilik klasteri tomonidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Ulug‘bek Turg‘unboyev 2022 yilda “Yakkatut MMTP” raisi etib lavozimga tayinlangan. Shu kunga qadar ish haqidan hech qanday qarzdorlik mavjud emasligi aniqlandi. Oylik maoshlari o‘z vaqtida berib borilgan.