Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Олмоқнинг бермоғи ҳам бор ёҳуд қора рангли «EQUINOX» қарз эвазига хатланди
2023-10-20 16:07:30 165
Hayotda ba’zida kimdandir najot kutamiz. Payti kelsa yordam so‘raymiz, muhtoj bo‘lsak moddiy ko‘mak olamiz, ba’zida qarz so‘raymiz yoki kredit olamiz. Olmoqning bermog‘i bor, deyishadi. Ammo oramizda olgan qarzini vaqtida qaytarmay, qarz beruvchini sarson qilayotganlar ham uchrab turadi. Yaqinda sudda shunga o‘xshash ish ko‘rib chiqildi. Bunda qarz bergan bank bo‘lsa, oluvchi esa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jamiyat edi.
O‘z vaqtida qaytarilmagan kredit qarzi evaziga sud garovdagi mulklarni undiruvga qaratilishini belgilab berdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining qarzdor
«Durdonabegim farm med» MCHJdan jami AITB “Ipakyuli” banki foydasiga 199 mln so‘m hamda AT“Xalkbank” foydasiga 308 mln so‘m kredit qarzi, so‘m undirilishi va qarzdorlikni garovdagi «EQUINOX» rusumli avtomashinaga qaratilishi haqidagi ijro hujjatiga ko‘ra Majburiy ijro byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limi xodimlari ijro harakatlari olib bordi.
«EQUINOX» rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv eьlon kilinib, qidiruv jarayonida garovdagi qora rangli «EQUINOX» rususmli avtomashina IIB YXHB xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridan topilib, jarima maydoniga joylashtirildi va ijro yig‘imi uchun 11 694 624 sum undirildi.
Shundan so‘ng ham qarzdorlik to‘lanavermasa, qora «EQUINOX» elektron onlayn auksion savdosiga qo‘yiladi.
Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari esa jamiyatning kredit qarzlarini qoplashga yo‘naltiriladi.