Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI KENG NISHONLANDI

×

 2023-10-21 10:57:04    177

PDF yuklash
Chop etish


21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toshloq tumani hokimligida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.  
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Elmurodxon Madaminov so‘z olib, Ona tilimizni davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyatini yanada  kuchaytirish, uni faqatgina rasmiy til sifatida emas, balki, milliy madaniyatimiz, ma’naviyatimiz timsoli  sifatida yanada boyitish hamda sofligini saqlashda barchamiz birdek mas’ul ekanimizni ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, bayram tadbirida so‘zga chiqqanlar milliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan ona tilimizning tariximiz va taqdirimiz, bugungi hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Shundan so‘ng, iste’dodli yoshlar tomonidan Ona tilimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari, sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.