Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BUGUN TOSHLOQ TUMANIDA JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA TUMAN SUDI, PROKURATURA HAM IIB TOMONIDAN HUQUQIY TARGʻIBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
2023-10-24 14:18:35 349
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tumani sudi Avazbek Rahimov sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentyabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, Oliy sud Plenumining “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.
Xususan, yangi qonunga ko‘ra endilikda sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyasiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish vakolati berilayotgani, apellyasiya yoki kassatsiya instansiyasining qarori ustidan shikoyat (protest) berish masalasida yangi institut – sud ishlarini taftish tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etilayotgani tushuntirib o‘tildi.
Shundan so‘ng, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining sayyor sud majlisi ham o‘tkazildi. Unda 50 dan ortiq ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rilib, qonuniy baho berildi.